ZO‘R ISH…
(Hayotiy voqea)

Date:

Bir kuni mashinamda 6 yoshli o‘g‘lim bilan ketayotib, yo‘lda ko‘p qavatli uy ostidagi paynetga pul to‘lash uchun tushdim. Qaytib kelsam, o‘g‘lim yig‘lab o‘tiribdi. Nima gap desam, “Dada anavini qarang!” dedi. Qarasam, yo‘l chetida kiyimlari eski bir kampir taxta ustiga narsa qo‘yib sotib o‘tiribdi.
“Narsalarning sonini qarang, 2-3 ta nos paketi, 2 pachka donali sigaretdan boshqa hech narsa yo‘q”. “Xo‘sh nima qilibdi?” desam, o‘g‘lim: “O‘g‘li yo‘qmi uning? Nega bu axvolda, qorni ochdir, dada, iltimos, mana shu pullarni hammasini shu momoga beraylik”, — deb mashinam baridagi bir siqim pulimni ko‘rsatdi. Nihoyatda ta’sirlanib, bolamning aytganini qilib, pullarning hammasini o‘sha ayolga olib borib berdim. Ayol hang-mang bo‘lib qoldi.
“Nima uchun?” degan savoliga, men kulib: “Shu pulni sizga ilingan insonni duo qilsangiz kifoya”, — dedim. Ayol yig‘lab yubordi, “Ilohim o‘sha odamning umriga baraka bersin, baxtli bo‘lsin, Alloh mukofotlasin” deya duo qilayotganida ichim jimirlab ketdi. Mashinaga qaytib, yo‘lga tushdik.
O‘g‘lim: “Dada, zo‘r ish qildik-a” desa, men javob bermay, boshimni silkitib qo‘ydim. Chunki ko‘zlarimda yosh, ichimda: “Shunday farzand bergan Allohga beadad shukr”, — deb aytayotgan edim.

Sayyora

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun