O‘zboshimchalik – g‘avg‘oning uyasi bo‘lmasin

Date:

Viloyat kadastr agentligi boshqarmasi rahbari M.Аbdurahmonov surxondaryoliklarga murojaat bilan chiqdi.
Ochig‘i, murojaatni o‘qib, o‘rinli ogohlantirishlar borligiga guvoh bo‘ldik. Unda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallamaslik, hududlarda noqonuniy ravishda yengil konstruktsiyali do‘konlar qurib olmaslik, aks holda buning uchun qonuniy chora ko‘rilishi aytib o‘tilgan.

Chindan ham o‘zboshimchalik bilan yerni o‘zlashtirib, uy-joy qurib olib, keyin uni buzamiz deyishganda “to‘polon” ko‘taradiganlar ko‘p uchrayapti. Yana noqonuniy yerni sotib olish uchun tanishining “falonchi orqali hujjatlashtirib beraman” degan vaʼdasiga ishonib, aldanib qolayotganlar qancha.

Vaholanki, o‘zboshimchalik bilan noqonuniy egallab olingan yerlarda qurilgan bino va inshootlarning mulk huquqi eʼtirof etilmaydi. Shunday holat aniqlanganda, fuqaro ogohlantiriladi, 15 kun ichida bu holat bartaraf etilmasa, Yer kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga ko‘ra, maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Аfsuski, buni aksar fuqarolarimiz to‘la anglab yetmayapti. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda sariosiyolik bir fuqaroning noo‘ng‘ay joyga uy qurib olib, endi “Sel kelib, uyimni devorini yorib tashlayapti, menga FVV ham, hokimiyat ham yordam bermayapti, uyimni taʼmirlab beringlar” degan murojaatini ko‘rib, xunobim oshdi. Tumanlarda o‘zboshimchalik bilan uy qurib olib, keyin “oilam bilan qayoqqa boraman” deb mo‘ltirab turadiganlarni ham uchratganman.

Аmmo, endi bundan buyog‘iga bunaqa tartibsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Shuning uchun, ertaga noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun o‘zboshimchalik bilan ish ko‘rmang, do‘kon yoki uy qurmoqchimisiz, avval so‘rang, biling. Tanlagan joyingiz o‘ng‘aymi, yo‘qmi, xavfli emasmi, batafsil o‘rganing. Shunda qonunni ham buzmaysiz, davlat tashkilotlari bilan ham sarson bo‘lib, tortishib yurmaysiz.

✒️ F.Umidullaeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun