Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi, dehqonning dalaga oşiqişi, ustozning sinfxonaga kirib kelişi, insonlarning ertangi kunga işonç bilan reja tuzişi — bular osoyişta hayotning oddiydek tuyulgan, aslida esa ulkan mazmun kasb etuvçi manzaralaridir. Biz har kuni körib, ba’zan e’tibor bermay ötadigan ana şu sokin hayot zamirida tinçlikning bebaho qadri mujassam. Dunyoda şunday ne’matlar borki, inson ularning qadrini yöqotiş xavfi bilan yuzlaşgandagina yanada çuqurroq anglaydi. Tinçlik ana şunday bebaho boyliklardan biridir. U şunçaki qurollar sukuti yoki jangovar harakatlarning yöqligi emas. Tinçlik — inson qalbidagi xotirjamlik, oiladagi totuvlik, jamiyatdagi hamjihatlik va mamlakat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. Aynan osoyişta muhitda inson öz iste’dodi va salohiyatini namoyon etadi, ilm-fan rivojlanadi, bunyodkorlik işlari amalga oşadi, yangi imkoniyatlar yuzaga keladi.
Bugun dunyoning ayrim mintaqalarida davom etayotgan qurolli mojarolar, siyosiy ziddiyatlar va gumanitar inqirozlar tinçlikning naqadar nozik va qimmatli ne’mat ekanini yana bir bor körsatmoqda. Uruş tufayli minglab oilalar boşpanasiz qolmoqda, bolalar ta’lim oliş imkonidan ayrilmoqda, insonlar öz yaqinlaridan judo bölmoqda. Bunday manzaralar bir haqiqatni anglatadi: uruşning eng oğir zarbasi, avvalo, begunoh insonlar taqdiriga tuşadi. Şu bois tinçlikni faqat bugungi kun osoyiştaligi emas, balki kelajak avlodlar oldidagi muqaddas mas’uliyat sifatida ham anglaşimiz lozim.
Özbekiston uçun ham tinçlik va barqarorlik eng muhim qadriyatlardan biridir. Yurtimizda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, ta’lim va tibbiyot sohasidagi yangilanişlar, işlab çiqariş korxonalarining faoliyati, yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar zamirida osoyişta muhitning alohida örni bor. Tinçlik tufayli insonlar ertangi kuniga işonç bilan qaraydi, farzandlarining ta’limi va kelajagi haqida qayğuradi, mehnati samarasi va orzulari röyobiga intiladi.
Albatta, tinçlik va barqarorlik öz-özidan saqlanib qolmaydi. Buning uçun jamiyatda özaro hurmat, bağrikenglik, qonunlarga rioya qiliş va hamjihatlik mustahkam bölişi zarur. Har bir fuqaro öz vazifasiga mas’uliyat bilan yondaşişi, yoşlar qalbida Vatanga muhabbat va insoniy qadriyatlarga hurmat tuyğularini şakllantiriş ham osoyişta hayotning muhim şartlaridandir. Zero, tinçlikni asraş faqat muayyan kasb egalari yoki mas’ul taşkilotlarning emas, barçamizning umumiy burçimizdir.
Biz tinç osmon ostida yaşayotganimiz, farzandlarimizni maktabga xotirjam kuzatayotganimiz, mehnat qilib, kelajagimizni rejalaştira-yotganimizning özi katta baxt. Bu ne’matning qadriga yetiş esa uni asraş, jamiyatda mehr-oqibat va özaro işonç muhitini mustahkamlaşdan boşlanadi. Zero, tinçlik bor joyda hayot davom etadi, orzular qanot yozadi, kelajak bunyod böladi.
Ş.Alimova,
Termiz davlat pedagogika instituti öqituvçisi

