Mahallada yangi institut

Date:

Mahallalarda o‘z faoliyatini boshlagan Hokim yordamchilaridan mahallani to‘liq o‘rganib, muammolarini bartaraf etish, ish bilan band bo‘lishlari uchun kerakli yordamni ko‘rsatishlari kutilmoqda. Rag‘bat bor joyda ishda unum, oldinga siljish seziladi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16-fevraldagi tegishli qarori asosida Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma nizomiga muvofiq, boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun BHMning 2 baravari miqdorida turar joy ijarasi xarajatlari kompensatsiya qilinadi.
Faoliyatiga qarab quyidagi miqdorda oylik mukofot puli to‘lanadi:
qoniqarli — oylik ish haqining 15% miqdorida;
yaxshi — oylik ish haqining 30% miqdorida;
a’lo — oylik ish haqining 50% miqdorida.
Shaxsiy avtomobilidan foydalangani uchun har chorakda bir marta quyidagi miqdorda kompensatsiya to‘lanadi:
avtomobili benzinda harakatlansa — 2 mln 150 ming so‘mgacha;
avtomobili gazda harakatlansa — 1 mln 350 ming so‘mgacha.
Hokim yordamchilari va respublika vakillariga uy-joy xarid qilish uchun uy-joy qiymatining 50% miqdorida (150 mln so‘mdan oshmagan) subsidiya ajratiladi.
“Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan taqdirda BHMning 5 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun