Yaxşilikning manzili qayda?

Date:

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil qilişga kömaklaşuvçi vositalardan biri sifatida xizmat qiladi. Jamoatçilik fikrida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, jamiyat hayotidagi özgarişlar, yangiliklar, hatto xalqaro miqyosda keçayotgan siyosiy, ijtimoiy hodisa, voqealar haqidagi ma’lumotlar mavjud böladi. Çunki unda har kuni turli yoşdagi, har xil sohada faoliyat yuritadigan, özlarining fikrlarini bildiradigan, odamlarni uçratişimiz mumkin. Bu jarayonlar bir-birimizdan nimanidir özlaştirişga, qaysidir holatlarga guvoh bölib özimizni tarbiyalaşimizga, nimadandir xulosa çiqarişga turtki böladi. Xuddi şuningdek, yaqinda avtobusda körganimdan bir kiçik voqea haqida xulosalarim bilan örtoqlaşişni istadim, buni kimgadir nafi tegar deb öyladim.
Bir kuni avtobus bekatda töxtaganidan keyin rus millatiga mansub örta yoşlardagi odam haydovçidan “Festival bozoriga boradimi?” deb rus tilida söradi. Haydovçi “Boradi, lekin ança aylanib boradi, şuning uçun 3 yoki 222-raqamli avtobuslarga çiqsangiz, tezroq manzilingizga yetasiz”, dedi. Lekin boyagi odam “Yöq men şu avtobusda ketaman, Termizni bir tomoşa qilmoqçiman”, dedi-da, avtobusga çiqib oldi va çöntagidan 2 ta 2000 sömlik, ya’ni 4000 söm pul oldi hamda yölovçilarga pulni uzatib “Iltimos, plastik kartalaringdan menga yöl haqi tölangizlar, mening kartam yöq”, deb murojaat qildi. Ötirgan yölovçi yigitlardan biri “Mana tölang”, deb plastigini uzatdi. Yöl haqini plastik kartadan tölab, qölidagi sömni plastik kartaga qöşib yigitga uzatgandi, u plastigini oldi, pulni qayta-qayta uzatsa ham olmadi.
Böş joyga ötirib olgan boyagi kişi unga “homiylik” qilgan yigit bilan suhbatni boşladi, suhbatga boşqalar ham, men ham qöşilib turdik. Suhbat asnosida anglaganim şu böldiki, u odam avvaldan Termizda yaşagan, 8 yil Rossiyada bölib, yaqinda qaytgan, öşa kuni tişi oğriganligi sababli tiş doktoriga poliklinikaga kelib qaytayotgan ekan. Ança vaqtdan buyon bu şaharda bölmaganli, şahar infratuzilmasi şu davr mobaynida ança özgarganligi, jamoat transportlari yönalişlari va tölovlarida özgarişlar bölganligi, ilgari şahar hududida faqat velosipedda yurganligini, yana velosipedda yuriş uçun şaharni yarmini aylanadigan 2-avtobusda yurib, yangilanayotgan şaharni bir tomoşa qilmoqçiligini, köçalarni, bilmagan joylarini bilib olişi zarurligini aytdi.
Bu voqea özbek xalqining köngli oçiqligini, bağrikengligini yana bir marta namoyon qildi. Birinçidan, 2000 bölsa ham foydasi foyda deb haydovçi bu avtobusni uzoq yurişini aytmasligi, boşqa raqamdagi avtobuslarni tavsiya qilmasligi mumkin edi. Ikkinçidan, oddiy bir yölovçi, uni tanimagan, bilmagan yigit unga 2000 sömni plastik kartadan tölab, berilgan pulni olmasligi qaysidir ma’noda xalqimizning saxiyligidan dalolatdir. Töğri, juda arzimagan pul, unga atigi
1 dona gugurt yoki 1 boğ kökat xarid qilişimiz mumkindir. Ammo, ozgina qiymatga ega bölgan pul, odamlarimizga, xalqimizga xos mehr-oqibatni, saxovatpeşalikni, milliy qadriyatlarimizni namoyon qildi.
Dunyo özgarib, insonning bunyodkorligi bilan tevarak-atrofimiz, uy-joyimiz imkon darajasida obod bölib, körkamlaşib bormoqda. Biroq, ayrim özbekona odatlarimiz, qadriyatlarimiz heç eskirmaydi, unutilmaydi. Makon va zamon tanla-maydi, ya’ni ulardan biz hamma joyda foydalanamiz va ularni namoyon etişda joy ham, vaqt ham, odam ham, millat ham tanlamaymiz.

Şoira DAVLATOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tonglarimizga soya tuşmasin

Tongda bolalarning beğubor kulgisi yangraşi, onalarning farzandini maktabga kuzatişi,...

Har rangingda mujassam Vatan

Davlat bayroği — mamlakatning dunyoga körinadigan qiyofasi, xalqning esa...

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...
KunTun
KunTun