Vazn toifasida tengsiz

Date:

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati, balki hududda sportga bo‘lgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlarning ham yorqin ifodasidir. Har bir zafar ortida tinimsiz mehnat, kuchli iroda va yuksak maqsadlar mujassam.

Sho‘rchi tumani Elbayon mahallasida yashovchi Biloliddin Umbarov yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 82 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alaba sportchining uzoq yillik mehnati, mashaqqatli mashg‘ulotlari va qat’iyatining munosib samarasidir. Bir mahallaning quvonchiga aylangan bu yutuq butun Sho‘rchi ahli uchun faxr, yoshlar uchun esa ulkan marralar sari intilishda yorqin namuna bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun