E’tirofdan davlat röyxatigaça

Date:

Ayrim fuqarolar yillar davomida yaşab kelayotgan xonadoniga ega bölsa-da, uning huquqiy maqomini tasdiqlovçi hujjatlarni rasmiylaştirişda qiyinçiliklarga duç keladi. Bu esa mulkni sotiş, hadya qiliş yoki meros qilib qoldirişda huquqiy muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Şunday huquqiy muammolarni qonuniy tartibda hal etiş maqsadida 2024-yil 5-avgustda Özbekiston Respublikasining “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi ÖRQ-937-sonli Qonuni qabul qilindi.
Qonun belgilangan toifalar va şartlarga muvofiq yer uçastkalariga bölgan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inşootlarga bölgan mulk huquqini e’tirof etiş tartibini belgilaydi. Huquqlar e’tirof etilgaç, ularni davlat röyxatidan ötkaziş orqali rasmiylaştiriş talab etiladi.
Surxondaryo viloyatida ham qonun ijrosi doirasida xatlov va huquqlarni e’tirof etiş işlari davom etmoqda. 2026-yil 9-noyabr holatiga köra, viloyatda 131 488 ta obyekt xatlovdan ötkazilgan,
98 699 tasi “E’tirof” avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiritilgan. Natijada 28 264 ta obyektga bölgan mulk huquqi e’tirof etilgan.
— Xatlov işlari faqat obyektlarni hisobga oliş bilan çeklanmaydi. Asosiy maqsad — qonunçilikda belgilangan talablar asosida fuqarolarning mulkiy huquqlarini e’tirof etiş, qonuniy manfaatlarini ta’minlaş va mavjud huquqiy noaniqliklarga barham berişdan iborat, — deydi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati bino va inşootlar davlat kadastrini yuritiş bölimi boşliği Faxriddin Aşurov.
E’tirof etilgan mulk huquqini davlat röyxatidan ötkaziş ham muhim ahamiyatga ega. Viloyatda huquqi e’tirof etilgan 28 264 ta obyektning 9 348 tasi davlat röyxatidan ötkazilgan. Qolgan 18 916 tasi böyiça bu jarayon hali yakunlanmagan.
Davlat röyxatidan ötkaziş köçmas mulkka bölgan huquqni davlat reyestrida qayd etib, uning huquqiy maqomini mustahkamlaydi. Bu mulkdorga uy-joyini sotiş, hadya qiliş, meros qoldiriş va boşqa bitimlarni qonuniy amalga oşiriş imkonini beradi.
Şu bois huquqi e’tirof etilgan fuqarolar tegişli rasmiylaştiriş işlarini ham yakunlaşlari zarur. Mas’ul taşkilotlar uçun esa bu jarayonni izçil davom ettiriş va aholiga amaliy kömak beriş muhim vazifa hisoblanadi.

Bexruz Safarov,
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boşqarmasi matbuot kotibi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzum qandil pişibdi

Ustozim Abdulhamid Qorayev sözlab bergan uşbu hikoyani sizlarga ham...

Yaxşilikning manzili qayda?

Jamoat transporti bölgan avtobus jamiyat a’zolarini fikrlarini örganişga, tahlil...

Taşabbus natija bilan qadrlanadi

Bugungi kunda iqlim özgarişi, suv resurslari taqçilligi va ekologik...

E’tirofdan davlat röyxatigaça

Ayrim fuqarolar yillar davomida yaşab kelayotgan xonadoniga ega bölsa-da,...
KunTun
KunTun