Ilk amaliy qadam tashlandi

Date:

Sal avval xabar berganimizdek, Qumqo‘rg‘on tumanida 10 ta lider tadbirkorga 10 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari ajratish hisobiga ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlash loyihasi amalga oshirilishi ko‘pchilikni quvontirgani rost. “Zamonaviy hunarmandchilik kompleksi”da hunarmandchilikning 7 ta, jumladan, tikuvchilik, haykaltaroshlik, yumshoq o‘yinchoqlar yasash, izalondan gul yasash, qolipli gullar yasash, qandolatchilik va zardo‘zlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish hisobiga 4 bosqichda jami 1 000 ta ish o‘rni yaratish belgilangan. Ana shu loyiha bo‘yicha esa ilk amaliy qadam tashlandi. Ya’ni loyiha doirasida 500 nafar ishsiz ayolning bandligi taʼminlandi. Ayollar bandligini taʼminlashga xizmat qilguvchi subsidiya asosida ajratilgan 500 dona jihoz va asbob-uskunalari markazga topshirildi.
Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurgan viloyat hokimi ushbu hunarmandchilik markazida bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Albatta, ish unumini oshirish, mahsulot xaridorgirligini ta’minlash uchun avvalo uning sifatiga e’tibor qaratmoq lozim. Buning uchun esa tikuvchi-chevarlardan o‘z ishiga sidqidildan yondashishlari talab etiladi. Viloyat rahbari ishchi-xodimlar bilan suhbatlashar ekan, ayni shu jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun