Tizim xodimlari munosib taqdirlandi

Date:

Mahalla oilalar uyushib yashaydigan, quvonchi-yu tashvishida bir-birining yonida bo‘lib, hamjihatlikda yashaydigan kichik bir vatandir. Albatta, ana shunday hamjihatlikni o‘rnatib, mahalla ahlining issig‘i-yu sovug‘idan, quvonchi-yu tashvishidan xabardor bo‘lib, tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydigan, kamchiligini to‘ldirishda amaliy yordam ko‘rsatadiganlar mahallaning jonkuyar faollari, xodimlaridir.


O‘z navbatida o‘zini-o‘zi boshqarishning samarali tizimi bo‘lgan bu idoraning nufuzini oshirish, uni chinakam xalq vijdoniga aylantirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida keyingi yillarda tizimli ishlar amalga oshirilayotir.

Yurtimizda 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb belgilanishida ham ana shunday e’tiborni ko‘rish mumkin. Sana munosabati bilan Termiz shahridagi “Nigina” tantanalar saroyida viloyatda faoliyat yuritayotgan fidoyi, o‘z kasbining chinakam mehnatkashlari, ilg‘orlari bo‘lgan mahalla tizimi xodimlari ishtirokida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan mahalla tizimi xodimlari kasb bayrami bilan samimiy tabriklanib, prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan mahalla tizimi xodimlariga medall va ordenlar hamda 24 nafar tizim xodimiga “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi. Shuningdek, bir guruh tizim faollari viloyat hokimligining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
To‘kin dasturxon atrofida, samimiy suhbatlar ila bayram munosib tarzda o‘tdi. Ayniqsa, sanʼatkorlarning sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun