Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish va atrof-muhit muhofazasiga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida ekologik mini-marafon tashkil etildi.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning ILUCA mintaqaviy dasturi doirasida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda “Yashil makon” va “Eko liderlar” jamoalari o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar ekologik bilimlari, ijodkorligi, topqirligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Mini-marafon yakunida har ikki jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirilib, faol ishtiroki va tashabbuskorligi e’tirof etildi.
Bunday tadbirlar ekologik bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish, yoshlarni tabiatni asrashga undash va ekologik tashabbuslar atrofida birlashtirishga xizmat qiladi.

