Termiz davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari Jaxongir Boysoatov va Ergaşova Mehriniso 189 ballik yuqori natijani qo‘lga kiritib, muddatidan oldin talabalikka qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Yoshlarning bunday yuksak ko‘rsatkichlarga erishishida fanlardan olgan bilimlari va xalqaro hamda milliy sertifikatlar asosidagi natijalari muhim o‘rin tutdi.
Jumladan, Jaxongir matematika fanidan 66,61 ball (A daraja), ingliz tilidan B2, tarix fanidan 49,08 ball (C daraja), ona tili va adabiyot fanidan 55,11 ball (B daraja) natijalarini qayd etdi.
Mehriniso esa ona tili va adabiyot fanidan 65,36 ball (A daraja), ingliz tilidan B2, tarix fanidan 56,36 ball (B daraja), matematika fanidan 48,93 ball (C daraja) to‘pladi.
Bu muvaffaqiyatlar yoshlarning tinimsiz izlanishi, qat’iyati, ota-onalarining qo‘llab-quvvatlovi va ustozlarining samarali mehnati mahsulidir. Iqtidorli yoshlarning ilm yo‘lidagi bunday yutuqlari Termiz ta’lim tizimi uchun ham quvonchli natija, kelajak sari tashlangan muhim qadamdir.

