…bepul sog‘lomlashtirilmoqda

Date:

Fevral — qishning so‘nggi oyi bo‘lishiga qaramay, janubda bahor boshlanadi. Demak, dalada fermer-u dehqonlar uchun ish bisyor deyavering. Har bir daqiqadan g‘animat sifatida foydalanadigan dehqonga uning oilasi, farzandlari yordamga keladi, bir so‘z bilan aytganda ko‘pning xizmati ila dala ishlari qizg‘in tus oladi. Bunday paytda hech kimning betob bo‘lishga, to‘shakka mixlanishga haqi yo‘q.

Mana shunday mavsum oldi Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi tashabbus bilan chiqdi. Unga ko‘ra, joriy yil 1-fevraldan 1-martgacha yurtimizda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya doirasida Sherobod tumanidagi 85-sonli oilaviy poliklinikada qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun bepul tibbiy ko‘rik boshlab yuborildi. Unda 113 nafar qishloq xo‘jaligi xodimlari va ularning oila a’zolari viloyat va tumandagi malakali mutaxassislar qabulida bo‘lib, salomatliklarini tekshiruvdan o‘tkazishdi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra kasallik aniqlangan fuqarolar tibbiy yordam va dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun