Surxondaryo viloyatining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi

Date:

To‘palang suv ombori suvidan foydalanish hisobiga Surxondaryo viloyatining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash imkoniyati paydo bo‘ladi. Shu maqsadda mega loyiha doirasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. 361 kilometr masofaga magistral quvur yotqizilib, ichki tarmoqlarni tortish ishlari qizg‘in tus olgan.
Qiymati 138 million dollarlik loyiha foydalanishga topshirilgach, viloyatda 1 million 700 ming iste’molchining, qolaversa, tuman aholisining suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Loyihaning birinchi navbatida 11 ta tuman va Termiz shahridagi jami 47 ta suv saqlash va tarqatish inshootlarini ulash hisobiga 100 ming xonadondagi 700 ming nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev ushbu loyiha bilan tanishar ekan, ish jarayonini kuzatib, soha mehnatkashlariga kerakli maslahat va tavsiyalarni berdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun