Musiqa insonning nafosat olamini boyitish bilan birga, undagi iste’dod va ijodiy salohiyatni namoyon etish vositasidir. Yosh ijrochilar uchun esa tanlovlar o‘z mahoratini sinash, tajriba orttirish va yangi marralar sari intilish imkoniyatidir.
Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Fortepiano ijrochiligi” ijodiy birlashmasi tashabbusi bilan “Iste’dodlar xaritasi” respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda yosh pianinochilar o‘z ijro mahorati, musiqiy bilimi va sahna madaniyatini namoyish etdi. Tanlov ishtirokchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash hamda musiqiy tajribasini boyitishga xizmat qildi.

