Sovuq kunlarda isitish moslamalaridan foydalanishda ehtiyotsizlik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish va aholi o‘rtasida ogohlikni oshirish muhim.
Sherobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tungi vaqtda aholi xonadonlari hamda tegishli obyektlarda profilaktik nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, isitish pechlari, gaz jihozlari va elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish, xonalarni muntazam shamollatish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan fuqarolarga tavsiyalar berilmoqda.

