“Surxon yoshlari” — g‘olib

Date:

Yoshlarning bilimini namoyon etishi, mustaqil fikrlashi va o‘z qarashlarini asosli himoya qila olishi ularning intellektual salohiyatini belgilovchi muhim ko‘nikmalardandir. Bu borada debat musobaqalari yoshlar uchun o‘z bilim va mahoratini sinash imkoniyatidir.

Toshkent davlat texnika universitetida Talaba-yoshlar bilan ishlash markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Munozara” respublika debat tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davom etgan bahslarda saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 16 ta jamoa g‘oliblik uchun bellashdi.

Quvonarlisi, yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz davlat universitetining “Surxon yoshlari” jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Universitet talabasi Akmurodov Po‘lat esa “The Best Speaker” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

G‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, birinchi o‘rin uchun 30 million, ikkinchi o‘rin uchun 15 million, uchinchi o‘rin uchun 10 million so‘m pul mukofoti belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun