Xonadonlarda xavfsizlik choralari o‘rganilmoqda

Date:

Sovuq kunlarda isitish moslamalaridan foydalanish ortishi bilan yong‘in va is gazidan zaharlanish xavfi ham kuchayadi. Bunday noxush holatlarning oldini olishda xavf omillarini oldindan aniqlash va fuqarolarning ogohligini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan mahallalarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbirlar Guliston mahallalarida tashkil etilib, xonadonlardagi isitish tizimlari, gaz va elektr jihozlarining texnik holati ko‘zdan kechirildi. Mo‘ri va tutun yo‘llarining sozligi, xonalarda havo almashinuvi hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ham o‘rganildi.

Aholiga isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik, elektr tarmoqlariga ortiqcha yuklama tushirmaslik va is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirish hamda tavsiyalar berildi.

Profilaktik tadbirlar orqali xonadonlardagi xavf omillarini barvaqt aniqlash, fuqarolarning xavfsizlik borasidagi bilim va mas’uliyatini oshirish hamda insonlar hayotini baxtsiz hodisalardan asrash ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun