Qabulda 144 ta muammo tinglandi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov videokonferentsaloqa orqali şahar va tumanlar studiyalari bilan boğlangan holda navbatdagi ommaviy, tadbirkorlar va şaxsiy qabullarni ötkazdi. 

Dastlab, ommaviy qabulda hududiy studiyalar orqali 64 nafar fuqaroning 85 ta masala böyiça murojaati tinglandi. Ularning 12 tasi qabul davomida hal etildi. Qolgan 73 ta masalani qöşimça örganiş, zarur resurslarni jalb qiliş va yeçimini ta’minlaş böyiça mas’ullarga topşiriqlar berildi. 

Tadbirkorlar qabulida 35 nafar tadbirkorning 38 ta murojaat va taklifi körib çiqildi. Şundan 6 ta masala joyida ijobiy hal etildi, qolgan 32 tasini qonunçilik talablari asosida örganib, hal qiliş çoralarini köriş belgilandi. 

Şuningdek, viloyat rahbari 18 nafar fuqaroni şaxsan qabul qilib, ular tomonidan kötarilgan 21 ta masalani eşitdi. Murojaatlarning 4 tasi qabul jarayonida hal etildi, 17 tasi böyiça mas’ullarga aniq ijro muddatlari belgilangan holda topşiriqlar berildi. Şu tariqa, qabullarda jami 117 nafar fuqaro va tadbirkorning 144 ta masalasi körib çiqildi. Ularning 22 tasi joyida hal etildi, qolgan 122 tasi böyiça mas’ullarga tegişli vazifalar yuklatildi. 

Barça topşiriqlar ijrosi nazoratga olingan bölib, har bir murojaatning belgilangan muddatlarda körib çiqilişi va natijasi böyiça viloyat hokimiga kunlik axborot kiritib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun