Nodavlat maktablarda korreksion sinflar tashkil etiladi

Date:

Har bir bolaning ta’lim olish imkoniyati uning yashash manzili yoki alohida ta’lim ehtiyojlari bilan cheklanmasligi kerak. Shu jihatdan nodavlat maktablarda korreksion sinflar tashkil etilishi bolalarning sifatli ta’lim va zarur pedagogik yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yangi qarorga muvofiq, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ehtiyoj mavjud tumanlardagi nodavlat maktablarda korreksion sinflar ochiladi. Ushbu sinflarda tahsil olayotgan bolalar uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi. Mablag‘ bevosita ta’lim tashkilotiga yo‘naltiriladi, ota-onalardan esa ta’lim xizmati uchun to‘lov undirilmaydi.

Natijada bolalar oilasidan uzoqlashmagan holda, yashash joyiga yaqin hududda ta’lim olish va zarur pedagogik ko‘makdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun