O‘zbekistonda mehnat va mashg‘ulotlar sohasida shahvoniy shilqimlikning oldini olishga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, ish beruvchilar jamoada bunday holatlardan xoli muhit yaratish uchun zarur choralarni ko‘rishi shart.
2026-yil 13-noyabrda qabul qilingan O‘RQ–1189-sonli qonun bilan Mehnat kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Hujjatda shahvoniy shilqimlik tushunchasiga ham aniq ta’rif berildi.Unga shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shahvoniy xususiyatga ega nomaqbul izohlar, imo-ishoralar, jismoniy teginish va murojaatlar kiradi.
Yangi tartibga ko‘ra, ish beruvchilar bunday holatlarning oldini olish va xodimlar uchun xavfsiz mehnat muhitini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.
Mazkur qonun xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, mehnat munosabatlarida o‘zaro hurmat va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Qonun 2026-yil 13-noyabrdan kuchga kirgan.

