Surxondaryo viloyatida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va tibbiyot fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi.

Tabrikda aholi salomatligini asrash, tibbiy xizmat sifatini oshirish va inson hayotini saqlab qolish yo‘lidagi fidokorona mehnat alohida e’tirof etildi.
Bayram munosabati bilan o‘z faoliyatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh tibbiyot xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. «Tibbiyot fidoyisi» respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan tibbiyot muassasalari hamda turli nominatsiyalar sohiblariga pul mukofotlari uchun vaucherlar topshirildi.

Bayram tadbiri taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.

