Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mahallalarda mutolaa muhitini shakllantirishga qaratilgan «Kutubxonam» loyihasi Surxondaryo viloyatida davom etmoqda.
Loyihaning navbatdagi manzili Sariosiyo tumanidagi Diydor mahallasi bo‘ldi. Tashabbus doirasida mahalla yoshlari uchun 400 dan ortiq badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilayotgan loyiha hududlarda kitobxonlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan.
Zero, kitobxon avlod — jamiyatning ma’naviy taraqqiyoti va kelajak ravnaqining muhim omilidir.

