Fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Unda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali rahbari Mirzoqul Mansurov ham ishtirok etib, aholi bilan muloqot qildi. Qabulda gaz ballonlarini yetkazib berish, ko‘p qavatli uylarni tabiiy gaz tarmog‘iga ulash kabi masalalar ko‘tarildi. Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

