Hududlarda ekologik tozalikni ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash va aholi uchun qulay muhit yaratish borasidagi ishlar “Tozalik oyligi” doirasida davom etmoqda.
Jumladan, Bandixon tumanining 13 ta mahallasida obodonlashtirish va tozalash tadbirlari o‘tkazildi. Jarayonga 41 nafar ishchi-xodim va 8 ta maxsus texnika jalb etilib, 8 gektar maydon hamda 16 kilometr ariq, kanal va lotoklar tozalandi. Natijada 6,2 tonna maishiy chiqindi hududlardan olib chiqildi.
Tadbir davomida noqonuniy chiqindi to‘plash holatlari aniqlanmadi va jarimalar qo‘llanilmadi.

