Davlat ramzlariga hurmat — Vatanga ehtirom, milliy qadriyatlarga sadoqat ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostidagi estafeta ana shu tuyg‘ularni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tadbir doirasida bayroq estafetasi Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidan Qashqadaryo viloyatiga tantanali ravishda topshirildi.
Ramziy tadbirda Davlat bayrog‘ining mustaqilligimiz, ozodligimiz va xalqimiz birligining yorqin timsoli ekani alohida e’tirof etildi.
Bunday tashabbuslar, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

