Chekka hududlar ham e’tibordan chetda emas

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatida aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holati va yetkazib berish jarayonlari o‘rganildi.

Dastlab, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialida tashkil etilgan suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikdagi tezkor shtab faoliyati bilan tanishildi. O‘rganish davomida gaz ta’minotining amaldagi holati, yetkazib berish tizimi va aholi murojaatlari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Mas’ul rahbarlarga, ayniqsa, viloyatning chekka hududlaridagi xonadonlarni kuz-qish mavsumida suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash, uzoq vaqtdan buyon gaz olmagan abonentlarni aniqlash hamda ularga qisqa muddatlarda gaz yetkazib berishni tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqiy kafolatdan amaliy himoyagacha

Konstitutsiyada belgilangan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy...

Imkoniyatlar ishga solinadi

Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror...

Qoraqirda yashil maydonlar qayta tiklanmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish...

Bandixonda elektr ta’minoti qayta tiklandi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Bandixon tumanidagi Tangimo‘sh podstansiyasida texnik...
KunTun
KunTun