Tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish, xonadonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olishda profilaktik tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda Angor tumanining “Yangi hayot” mahallasida gaz ta’minoti sohasi mas’ullari tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi. Jarayonda xonadonlardagi gaz uskunalari, isitish moslamalari va tarmoqlar holati ko‘zdan kechirildi. Fuqarolarga gaz jihozlarini muntazam nazorat qilish, nosozliklar aniqlanganda mutaxassislarga murojaat etish hamda gaz sizib chiqishining oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

