Termiz poligonida O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirliklari bo‘linmalari ishtirokida “Hamkorlik-2026” qo‘shma harbiy o‘quvi boshlandi.
O‘quvning ochilish marosimi harbiy xizmatchilarning tantanali saf tortishi bilan boshlandi. Harbiy orkestrlar ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi, milliy bayroqlar ko‘tarildi. Shundan so‘ng ishtirokchilar yagona safda dala lagerining saf maydoni bo‘ylab tantanali marsh bilan o‘tdi.
Mazkur o‘quv 27-oktyabrga qadar davom etadi.

