Surxondaryo investitsiya salohiyati Xitoyda namoyish etildi

Date:

Xitoyning Anhuy provinsiyasi markazi Xefey shahrida tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi va yirik biznes vakillari hamkorligida xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etib, hududning iqtisodiy imkoniyatlari, investitsiya salohiyati va istiqbolli loyihalarini taqdim etdi.

Viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Botir Safarbuvayev Surxondaryoda investitsiyalar uchun mavjud imkoniyatlar va xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

Tashrif doirasida Xitoyning yirik kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, yangi investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish hamda ta’lim sohasida tajriba almashish masalalariga ham e’tibor qaratilmoqda.

Xalqaro muloqot Surxondaryoning iqtisodiy salohiyatini xorijiy ishbilarmonlarga tanitish, yangi hamkorlarni jalb etish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.

Ayni paytda viloyat delegatsiyasi Anhuy provinsiyasida bo‘lib turibdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...

Aktivlar aylanmaga qaytadi

Davlat mulkini xususiy sektorga o‘tkazish iqtisodiyotga investitsiya jalb etish,...

Energetik salohiyat — iqtisodiy imkoniyat

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti barqarorligini...

Raqamlar ortidagi huquqiy himoya

Surxondaryo viloyatida 2026-yilning 9 oyida ma’muriy sudlar tomonidan davlat...
KunTun
KunTun