“M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish loyihasi doirasida qutqaruv quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilmoqda. Bu masala “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov va CNPC prezidenti Chjou Sinxuay o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.
Muzokaralarda ichki bozorni yoqilg‘i bilan barqaror ta’minlash, neft mahsulotlari yetkazib berish manbalarini kengaytirish hamda burg‘ilash, geologiya-qidiruv va konlarning gaz berish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar ham ko‘rib chiqildi.
Ushbu yo‘nalishlardagi hamkorlik avariya oqibatlarini bartaraf etish, energiya resurslari ta’minoti barqarorligini mustahkamlash va gaz qazib chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

