Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Date:

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona va chorvachilikni uyg‘un rivojlantirib, daromad manbalarini kengaytirmoqda. Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkor faoliyati bilan tanishib, uning tajribasini mahalladagi boshqa xonadonlarga ham tatbiq etish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Tadbirkor 1 gektar maydonda tashkil etgan issiqxonaning 50 sotixida qulupnay yetishtirmoqda. Qolgan 50 sotix maydon esa pomidor ekish uchun tayyorlangan. O‘rganish davomida qulupnay yetishtirish jarayoni ko‘zdan kechirilib, ushbu tajribani xonadon issiqxonalarida ham yo‘lga qo‘yish orqali aholi daromadlarini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tuman hokimi mas’ullarga tadbirkorning tajribasini ommalashtirish, qiziqish bildirgan xonadonlarga amaliy ko‘mak berish va mahallada issiqxonachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Tadbirkorlikning yana bir yo‘nalishi — chorvachilik ham izchil rivojlantirilmoqda. Ayni paytda Zoir Hayitaliyev 50 ga yaqin qoramolni go‘sht yetishtirish maqsadida parvarish qilmoqda. Faoliyatni kengaytirish, qoramollar sonini ko‘paytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirayotgan tadbirkor kredit mablag‘lariga ehtiyoji borligini bildirdi.

Ushbu murojaat yuzasidan tuman hokimi mas’ullarga kredit ajratish imkoniyatlarini amaldagi tartiblar asosida o‘rganish va tadbirkorga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Mahallada issiqxonachilik va chorvachilik kabi daromadli yo‘nalishlarni rivojlantirish, mavjud tajribalarni boshqa xonadonlarga yoyish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish uchun muhim imkoniyatdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun