Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini saqlash, saralash, qadoqlash va jo‘natish jarayonlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahsulot sifatini saqlash, uni eksport talablariga muvofiq tayyorlash hamda xorijiy bozorlarga o‘z vaqtida yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratildi. Zero, eksportda mahsulot yetishtirishning o‘zi kifoya emas — uni belgilangan talablar asosida saralash, to‘g‘ri saqlash va sifatini yo‘qotmagan holda xaridorga yetkazish ham muhim.
Bu jarayonlarni samarali tashkil etish mahalliy xurmoning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatidan unumli foydalanish va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

