O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Termiz shahridagi harbiy qismlardan birida Termiz davlat universiteti talabalari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar harbiy qismdagi shart-sharoitlar, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti va xizmat jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ularga harbiy xizmatning o‘ziga xos jihatlari, Vatan himoyasining sharafli burch ekani, harbiy intizom, mardlik va fidoyilikning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
Bunday uchrashuvlar talabalarning harbiy xizmat haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qiladi.

