Baholar, o‘zlashtirish, maktab ma’lumotlari — “MyGov”da

Date:

Ota-onalar endi farzandining maktabdagi o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholari va sinfdagi natijalarini bilish uchun maktabga borishiga hojat qolmaydi. Bu ma’lumotlarni my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali masofadan turib kuzatish mumkin.

Yangi xizmat orqali bolaning har bir fan bo‘yicha joriy baholari, o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, shuningdek, sinfdagi baholar statistikasi va o‘quv natijalari darajasi bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, ta’lim muassasasining nomi va manzili, maktabdagi o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarning umumiy soni haqidagi ma’lumotlarni ham ko‘rish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga yoki MyGov ilovasiga kirib, shaxsiy kabinetdagi “Mening oilam” bo‘limini ochish, so‘ng bolaning ma’lumotlari yonidagi “Maktab ma’lumotlari” tugmasini bosish kifoya.

Mazkur xizmat ota-onalarga farzandining ta’lim jarayonini muntazam kuzatib borish, o‘zlashtirishidagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish va zarur hollarda maktab bilan hamkorlikni kuchaytirishga yordam beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun