Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Date:

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash biologik xilma-xillikni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘ida qayd etilgan topilma esa O‘zbekiston faunasini o‘rganishda muhim ilmiy natija bo‘ldi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti olimlari va xorijlik tadqiqotchilar ishtirokidagi ekspeditsiya davomida mamlakat hududida ilk bor turkman uzunquloq ko‘rshapalagi (Plecotus turkmenicus) aniqlandi. Markaziy Osiyoda tarqalgan mazkur noyob tur haqidagi ma’lumotlar asosan 1970-yilgacha bo‘lgan kuzatuvlar va muzey namunalariga asoslangan. Shu bois uning tabiatda qayd etilishi tur tarqalish hududini aniqlash va biologiyasini chuqurroq o‘rganish uchun muhimdir.

Topilma avvaldan ma’lum bo‘lgan turning O‘zbekiston hududida ham uchrashini ilk bor tasdiqlaydi. Bu yangi tur kashf etilganini emas, balki mamlakat faunasi haqidagi ilmiy ma’lumotlar boyiganini anglatadi.

Ekspeditsiya Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) amalga oshirayotgan «Tabiatni muhofaza qilishda “Yagona salomatlik”» loyihasi doirasida tashkil etildi. Loyiha Germaniya Atrof-muhit vazirligining Xalqaro iqlim tashabbusi (IKI) tomonidan moliyalashtiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...

Kubok o‘zimizda qoldi

Termiz shahrida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari yakunlandi. Mamlakatning...
KunTun
KunTun