Termiz shahrida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari yakunlandi. Mamlakatning turli hududlaridan kelgan o‘smirlar jamoalari ishtirok etgan musobaqada nafaqat g‘oliblik, balki yosh voleybolchilarning mahorati va jamoaviy o‘yin saviyasi ham sinovdan o‘tdi.
Quvonarlisi, qizlar o‘rtasidagi bahslarda Surxondaryo viloyati jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa, O‘zbekiston kubogi qizlar o‘rtasida mezbon jamoada qoldi. Bu natija viloyatda voleybol rivoji va yosh sportchilarning musobaqalarga tayyorgarligi samarasini namoyon etdi.

