Hukumatning 2026-yil 9-oktabrdagi 550-son qaroriga muvofiq, limon yetishtiruvchi xonadonlar soni ikki baravarga oshgan mahallalarda ichimlik suvi, ichki yo‘llar va elektr tarmoqlarini qurish, ta’mirlash hamda yangilash ishlariga ustuvorlik beriladi.
Buning uchun xonadondagi limon yetishtirish maydoni kamida 1 sotix bo‘lishi, ushbu maydonga kamida 8 tup, yoshi kamida ikki yillik limon ko‘chati ekilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, yer maydoniga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Mahallalarni tanlash «Onlayn mahalla» platformasi va xatlov natijalari asosida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Infratuzilma loyihalari davlat budjeti hamda mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

