Termizda 100 ga yaqin noqonuniy tashqi reklama bartaraf etildi

Date:

Termiz shahridagi «Qurilish mollari bozori»da tashqi reklama va davlat tili me’yorlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish hamda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda shahar hokimligi mas’ullaridan iborat ishchi guruh tadbirkorlik subyektlarida «Davlat tili haqida»gi va «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlar talablariga amal qilinishini o‘rgandi.

Natijada noqonuniy o‘rnatilgan, qonunchilik talablari va davlat tili me’yorlariga mos kelmaydigan 100 ga yaqin tashqi reklama banneri hamda e’lonlar joyida bartaraf etildi. Shuningdek, reklama matnlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi qoidalariga moslashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

Tadbirkorlarga tashqi reklamalarni joylashtirish tartibi va qonunchilik talablari tushuntirildi. Hududda davlat tili hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun