«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Date:

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish hamda ajrimlarning oldini olish maqsadida «Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda oilaviy hayot mas’uliyati, er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-muhabbat, ishonch va sabr-toqatning ahamiyati haqida suhbatlar tashkil etildi.

Hayotiy misollar va amaliy mashg‘ulotlar orqali oilaviy kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish, bir-birini tushunish, muammolarga hamjihatlikda yechim topish hamda farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mustahkam oilaviy munosabatlarni shakllantirishga doir bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

Tadbir yakunida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan yosh kelin-kuyovlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Mustahkam oila — o‘zaro hurmat, ishonch va hamjihatlikka asoslanadi. Oilaviy qadriyatlarni asrash va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash jamiyat farovonligi yo‘lidagi muhim qadamlardandir.

Oldingi sahifaNatija quvonarli
Keyingi sahifaKamchiliklar muhokamada

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun