Vohadoshimiz “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovida g‘olib

Date:

Adiblar xiyoboni hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida seminar va “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, davlat tilini keng joriy etish hamda bu boradagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Quvonarlisi, tanlovda Boysun tumani hokimligi mutaxassisi Jumayev Nurali “O‘zbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Tanlov g‘olibi va sovrindorlariga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun