Kamchiliklar muhokamada

Date:

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Yig‘ilishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari ko‘rib chiqildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Zavqiddin Xo‘janov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda ayrim xodimlarning ish ko‘rsatkichlari qoniqarsiz deb baholanib, xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun