33 million so‘mlik kreditdan 30 dan ortiq ish o‘rniga qadar

Date:

Denov tumanidagi “Yangi hayot” mahallasida yashovchi tadbirkor Charos Abdullajonova “Charos tortlari” brendi ostida qandolatchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, bugun 30 nafardan ortiq xotin-qizning bandligini ta’minlamoqda. Tadbirkorning faoliyati Denov tumani hokimligining Oila va xotin-qizlar bo‘yicha mas’uli Ozoda Karimova tomonidan o‘rganildi.

Charos Abdullajonova 2021-yilda “Ayollar daftari” orqali Xalq bankidan 33 million so‘m kredit olib, o‘z xonadonida tort va shirinliklar tayyorlashni boshlagan. Dastlab uch nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlagan tadbirkor 2023-yilda faoliyatini rasmiylashtirib, ishlab chiqarish va savdo ko‘lamini kengaytirdi.

Bugungi kunda uning faoliyati orqali 30 nafardan ortiq xotin-qiz daromad topmoqda. So‘fi Olloyor va “Mehr-oqibat” mahallalarida savdo hamda ishlab chiqarish nuqtalari tashkil etilgan, Z. M. Bobur mahallasida esa yangi nuqta ochish ishlari olib borilmoqda.

Media-tur davomida jurnalistlar ishlab chiqarish jarayoni va yaratilgan ish o‘rinlari bilan tanishdi.

Ushbu faoliyat xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda amaliy tashabbuslarning ahamiyatini ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun