Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Xalqobod” podstansiyasining quvvati oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ-298-sonli qarori doirasida amalga oshirilayotgan loyiha uchun 15 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha doirasida “Xalqobod” 110/35/10 kVli podstansiyasiga qo‘shimcha 16 000 kVA quvvatga ega transformator o‘rnatilmoqda.
Qurilish-montaj ishlari “BARAKA FAYZ INVEST” MChJ tomonidan olib borilmoqda.
Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov loyiha joyiga borib, ishlarning borishi, bajarilish sifati va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini o‘rgandi. Mas’ullar hamda pudratchi tashkilot vakillariga ishlarni jadallashtirish, sifat talablariga qat’iy amal qilish va loyihani belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Loyiha yakunlangach, tumanda elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlash, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlarini yaxshilash kutilmoqda.

