Ekologiya kuzatuvda

Date:

Surxondaryoda atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar ustidan ekologik nazorat kuchaytirilmoqda. Viloyatda I va II toifaga mansub 113 ta korxonada atmosfera havosi holatini muntazam kuzatib borish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar korxonalarda 41 ta fon va 2 ta avtomatik monitoring stansiyasi o‘rnatilib, ekologik kuzatuvlar yo‘lga qo‘yildi. Yana 14 ta korxona monitoring uskunalarini yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzib, zarur mablag‘larni to‘lagan va ayni paytda ularda stansiyalarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Mazkur qurilmalar atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorini muntazam qayd etib, ma’lumotlarni tegishli monitoring tizimlariga uzatadi. Bu sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini doimiy nazorat qilish, ekologik holatni tezkor baholash va zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun