Atletlar bir maydonda jam

Date:

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari qizg‘in davom etmoqda. Nufuzli musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan 400 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz sportchi ishtirok etib, turli vazn toifalarida kuch sinashmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida sport boshqarmasi boshlig‘i Ravshanbek Mahmudov, viloyat prokuraturasi mas’ullari, soha mutaxassislari, murabbiylar, hakamlar va yosh atletlar qatnashdi. Tadbirda mamlakatimizda yoshlar sportini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularning mahoratini oshirishga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritildi.

Yosh atletlar dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlarida o‘z mahoratini namoyish etib, yuqori natijalar uchun bahs olib bormoqda. Bellashuvlar sportchilarning nafaqat jismoniy tayyorgarligi, balki iroda, matonat va ruhiy bardoshini ham sinovdan o‘tkazmoqda.

Musobaqa doirasida og‘ir atletika rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan sport faxriylari, murabbiylar va soha faollariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur kubok bahslari yoshlar orasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, yangi iqtidorlarni kashf etish va kelajakda xalqaro maydonlarda yurt sharafini himoya qiladigan sportchilarni saralashga xizmat qilmoqda.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun