Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Date:

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga tayyorlash va kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inlari Surxondaryoda amaliy mazmun kasb etmoqda. Joriy yilning dastlabki 8 oyida viloyatda 4 marotaba tashkil etilgan yig‘inlarda 400 nafarga yaqin yosh ishtirok etib, 10 dan ortiq yo‘nalishda kasb-hunar va hayotiy ko‘nikmalarni egalladi.

Navbatdagi o‘quv yig‘ini Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanidan kelgan 32 nafar yosh uchun Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda o‘tkazildi. Yoshlar mashg‘ulotlar davomida harbiy tartib-intizom, jasorat va jamoaviylik bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirdi.

O‘quv yig‘ini yakunida ishtirokchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalari sarhisob qilinib, faol yoshlar rag‘batlantirildi. Barcha qatnashchilarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun