Obodlik ishlari nazoratda

Date:

Termiz shahrining qiyofasi, ko‘chalar va mahallalardagi tozalik hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar mahalliy Kengash deputatlari e’tiborida. Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda doimiy komissiya raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov shaharda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida markaziy va ichki ko‘chalardagi tozalik, piyodalar yo‘laklari holati, “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxt va manzarali o‘simliklarning parvarishi, sug‘orish tizimlari hamda hududlarning umumiy obodonligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yo‘l va piyodalar infratuzilmasidagi mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish va amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish va hududlarda tozalikni muntazam ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur nazorat ishlari shaharda obodonlikni bir martalik tadbir emas, balki doimiy e’tibor talab qiladigan vazifa sifatida yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...

Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari taqdim etildi

Xorijning nufuzli oliygohlarida o‘qish yoki malaka oshirishni istagan yoshlar...

Nuroniylarimiz Taxiatoshda

Termiz shahri bilan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani o‘rtasidagi hamkorlik doirasida...

Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga...
KunTun
KunTun