Bugungi media maydoni qanday mutaxassisni talab qiladi?

Date:

Bugun axborot xizmati rahbaridan faqat yangilikni yetkazish emas, balki jamoatchilik bilan ochiq va samarali muloqot qilish, tezkor axborot berish, muhim masalalarni to‘g‘ri yoritish hamda zamonaviy media vositalaridan unumli foydalanish ko‘nikmasi ham talab etiladi. Shu jihatdan ularning kasbiy tayyorgarligini baholash va malakasini oshirib borish dolzarb vazifalardan biridir.

Surxondaryo viloyatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari axborot xizmati rahbarlarini navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni boshlandi. Sinovlar Prezidentimizning tegishli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan tashkil etilmoqda.

Attestatsiyada axborot xizmatlari rahbarlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari, zamonaviy axborot makonida ishlash salohiyati hamda jamoatchilik bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatish qobiliyatiga e’tibor qaratilmoqda. Jarayon ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilib, unda attestatsiyadan o‘tganiga uch yil bo‘lgan rahbarlar, shuningdek, mazkur lavozimga tayinlanganiga uch oydan oshgan talabgorlar ishtirok etmoqda.

Navbatdagi sinovlarda Surxondaryo viloyatidan 23 nafar talabgor qatnashmoqda. Ikki kun davom etadigan attestatsiya jarayonida Markaz mas’ullari, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari hamda videokonferensaloqa orqali soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Bugungi axborot tezligi va jamoatchilikning axborotga bo‘lgan talabi ortib borayotgan bir paytda bunday baholash jarayoni axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ochiqlikni kuchaytirish va professional kommunikatsiya muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun