Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Date:

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb etadi. Xususan, velosipeddan foydalanish harakatchanlik va chidamlilikni oshirish, faol hayot tarzini shakllantirish bilan bir qatorda, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga ham xizmat qiladi.
Bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida rahbar va xodimlar o‘rtasida velosipeddan foydalanishni ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslar izchil yo‘lga qo‘yilmoqda.
Sho‘rchi tumanida ham mazkur tashabbus amaliy tus oldi. Tuman hokimi boshchiligida tashkilot rahbarlari va xodimlari ishga velosipedda harakatlanib, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotga singdirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
Ushbu tashabbus aholining jismoniy faolligini oshirish, velosipeddan foydalanish madaniyatini kengaytirish hamda ekologik muhitni asrashga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarning yorqin namunasidir.
Zero, sog‘lom jamiyat — faol insonlardan, musaffo muhit esa mas’uliyatli va ezgu odatlardan boshlanadi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun