O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohasini yagona tizim asosida boshqarishga qaratilgan yangi yondashuv joriy etilmoqda. Buning uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.
Yangi tizim maktabgacha, umumiy, professional va oliy ta’lim bosqichlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, oliy ta’limda davlat aralashuvini qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va ta’lim sifatida raqobat muhitini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Islohotlarning umumiy strategiyasini ishlab chiqish uchun Prezident Administratsiyasi huzurida ta’lim strategiyasi bo‘yicha maxsus ishchi guruh ham faoliyat yuritadi.

